“Taxtaqoracha” dovonida harakat tiklandi
Jamiyat
−
05 yanvar 2020
4840Bugun 2020 yil 5 yanvar kuni soat 8:30 da “Taxtaqoracha” (Kitob) dovonida avtotransport harakati qayta tiklandi. Bu haqda Avtomobil yo‘lllari qo‘mitasi xabar berdi.
“Taxtaqoracha” (Kitob) dovoni M-39 “Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yo‘lining Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi qismi hisoblanadi.
“Taxtaqoracha” (Kitob) dovonida kecha, 4 yanvar kuni kuchli qor yog‘ishi va ko‘rish imkoniyatlarining keskin pasayganligi sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi.
LiveBarchasi