Surxondaryoda 8 kishi to‘silib qolgan dovon yo‘lida qolib ketdi (foto)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kuzatilgan noqulay ob-havo sababli Surxondaryo viloyatidagi dovon yo‘lida 8 kishi va 3 ta avtomashina harakatsiz qolib ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, joriy yil 7 iyul kuni soat 14:20 atrofida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani tog‘li hududida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi sababli sel oqimlari kelishi hodisasi kuzatilgan. Oqibatda tumanning Xo‘jaasmin va Chosh aholi yashash punktlarini bog‘lovchi tog‘li dovon avtomobil yo‘liga katta xarsang toshlar va loyqalar tushib, dovon yo‘li yopilib qolgan. Mazkur hududda 3 ta yengil UAZ rusumli avtomobil va 8 nafar fuqaro harakatsiz qolib ketgan.

Zudlik bilan hodisa joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa mas’ul xodimlar maxsus texnikalar yordamida dovon avtomobil yo‘li katta xarsang tosh va loyqalardan tozalagan. Avtomobil qatnovi yo‘lga qo‘yilib, 8 nafar fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligi aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo dovon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing