Taxtaqoracha dovonida yangi tunnel quriladi 

Jamiyat

image

Taxtaqoracha dovonida yangi tunnel quriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilayotgan Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, kelgusi yilda ushbu dovonda yangi tunnel va yo‘l qurish loyihasi boshlanadi.  

Yig‘ilishda mutasaddilarga Taxtaqoracha dovonidan o‘tish talablarini yengillashtirish ham topshirilgan. 

Bundan tashqari, xitoylik investorlar ishtirokida Samarqand bilan Shahrisabzni bog‘lovchi 30 kilometrlik yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlanadi.

Shuningdek, G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu yo‘lining Qashqadaryodan o‘tgan 100 kilometr qismini ta’mirlashga 122,5 million dollar jalb qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Shavkat Mirziyoev Taxtaqoracha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing