Taxiatosh IESdagi nosozlik bo‘yicha vazirlik ma’lumot berdi

Jamiyat

−

image

Bugun, 19 iyul kuni Energetika vazirligi Taxiatosh IES AJda sodir bo‘lgan texnologik nuqsonlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning18 iyul kuni soat 10:43 da Taxiatosh IES AJning 8-energobloki texnologik himoya tizimi ishlashi natijasida o‘chgan. Oradan 12 soniya o‘tgandan so‘ng, 7-energoblok va 1-turboagregat xam texnologik himoya tizimi ishdan chiqishi natijasida o‘chgan.

Natijada yuklanish oshib ketishi hamda liniyalarning texnologik himoya tizimining selektiv ishlamaganligi oqibatida 7-blok va 1-turboagregatni himoya tizimini ishlashdan to‘xtagan.

“3-turboagregat 72 megavatt kuvvat bilan ishlab turdi. Soat 10:59 da o‘tganda 1-turboagregat qayta ishga tushirildi.

Soat 15:15 da 7-blok hamda 23-, 15-, 8-blok ishga tushirildi. Avariya holati sodir bo‘lgani yuk. Bu xolatni texnologik o‘chish deb baxolash mumkin. Soat 24:00 da stansiyaning ish rejimi  to‘liq tiklandi. Qisqa muddatli uzilishlar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi vazirlik ma’lumotida.


Maqola muallifi

Baholaganlar

34

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing