Toshkentda karantinga qaramay to‘y o‘tkazildi. Qudabuva IIBga olib ketildi (video)

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Yunusobod tumani Markaz-4 dahasida bugun, 28 mart kuni o‘zbek to‘ylarining tarkibiy qismi hisoblangan kuyov-navkar marosimi o‘tkazilayotgani haqida videoxabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati bayonot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Yunusobod tumani Markaz-4 dahasi 22-uy oldida 28 mart kuni kuyov-navkar marosimi o‘tkazilgan. Voqea joyiga profilaktika inspektorlari borib, marosimda ishtirok etuvchilarning barini Ichki ishlar bo‘limiga olib borgan.

Qizig‘i, kuyov-navkarni qabul qilib olgan xonadon egasi bir kun avval — 27 mart kuni to‘y o‘tkazmaslik bo‘yicha rasman ogohlantirilgan.

Vazirlik bayonotida aytilishicha, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Avvalroq, IIV fuqarolarni to‘y va boshqa odamlar to‘planadigan marosimlarni o‘tkazmaslik bo‘yicha jiddiy ogohlantirgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining respublika bo‘ylab tarqalib ketishining oldini olish uchun joriy yilning 23 martidan barcha to‘y va oilaviy marosimlar o‘tkazishga taqiq qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

karantin to'y

Baholaganlar

882

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing