Tailandga vizani onlayn olish imkoniyati yaratildi
Olam
−
07 yanvar
15282025 yil 1 yanvardan boshlab Tailandning xorijdagi barcha elchixonalari va bosh konsullik muassasalarida elektron viza xizmati joriy etildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Tailand Tashqi ishlar vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ushbu sanadan e’tiboran Tailandning xorijdagi 94 ta elchixonasi va bosh konsulxonalarida e-visa xizmatidan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Elektron viza tizimiga ko‘ra, Tailand vizasini olishga murojaat qilmoqchi bo‘lgan chet el fuqarosi https://thaievisa.go.th/ manzilidagi yangi onlayn elektron viza platformasi orqali ariza topshirishi kerak.
Qayd etilishicha, ariza beruvchidan pasport va tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxasini Tailand diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga shaxsan taqdim etish talab qilinmaydi.
Elektron viza arizasi ma’qullangach, arizachiga tasdiqlovchi elektron pochta xabari yuboriladi. Ariza beruvchidan jo‘nash portidagi aviakompaniyaga va Tailandda immigratsiya xizmati xodimlariga taqdim etish uchun tasdiqlovchi elektron pochta nusxasini chop etishi so‘raladi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, 2024 yilning 15 iyul kunidan e’tiboran O‘zbekiston fuqarolariga Tailandga sayohat uchun 60 kungacha vizasiz rejim joriy etilgan. Elektron viza tizimida fuqarolarga turistik, biznes, oilaviy va boshqa viza turi 90 kun muddatga beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bangkok fuqarolari Tailandga tashrif buyurish uchun vizaga muhtoj bo‘lmagan davlatlar va hududlar ro‘yxatini 93 tagacha kengaytirgandi. Ro‘yxatga kiritilgan davlatlar orasida Markaziy Osiyodan O‘zbekiston va Qozog‘iston bor.
LiveBarchasi