Tailanddagi suv toshqinida 9 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Tailandda suv toshqinlari oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, yuz minglab odamlar jabrlandi. Bu haqda “Bangkok Post” xabar berdi.

So‘nggi 30 yildagi eng dahshatli ofat mamlakat janubidagi sakkizta viloyatga ta’sir ko‘rsatgan yarim milliondan ortiq binolar vayron bo‘lgan. Harbiylar va qutqaruvchilar aholini evakuatsiya qilishda davom etmoqda, sinoptiklar esa kuchli yomg‘ir yana bir necha kun davom etishi haqida ogohlantirmoqda. “Musson” fasli qo‘shni Malayziyada ham halokatli toshqinlarga sabab bo‘ldi. U yerda uch kun ichida 100 mingdan ortiq odam o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi.

Tailand Meteorologiya departamentining ma’lum qilishicha, kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Nakxonsitxammarat, Pxattalung, Songkxla, Pattani, Yala, Naratxivat, Krabi, Trang va Satun provinsiyasida toshqinlar yuzaga kelgan.

Hozirgacha sakkiz viloyatda 553 mingdan ortiq uy xo‘jaliklari zarar ko‘rgan.

Pxattalung provinsiyasida 557 qishloqda 102 ming 494 xonadon jabrlangan, bir kishi halok bo‘lgan.

Pattani, Yala va Songkxla provinsiyalarida sakkiz kishi halok bo‘lgan. 13 mingga yaqin odam zarar ko‘rgan hududlarda tashkil etilgan 200 ta vaqtinchalik boshpanalarda qolgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniyaning Malaga provinsiyasida kuchli jala yog‘ishi oqibatida suv toshqini sodir bo‘lgandi. Malaga shahrida hayot tom ma’noda to‘xtab qolgandi. Guadalorse daryosi bo‘yidagi 3 mingdan ortiq aholi ehtiyot chorasi sifatida evakuatsiya qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tailand suv toshqinlari Musson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing