Tailanddagi dahshatli zilzila binolarni qulatmoqda

Olam

image

Bugun, 28 mart kuni Tailandning Bangkok shahrida 7,7 magnitudali zilzila yuz berdi va bir necha binolar qulab tushdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 13:30 da boshlangan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishi taxminan 10 daqiqa davom etgan.

“Zilzila chuqur bo‘lmagan, uning amplitudasi 10 kilometrni tashkil etgan, epitsentri esa qo‘shni Myanmada bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra, zilzila oqibatida Bangkokda qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli bino qulab tushgan. Jurnalistlarning ta’kidlashicha, chang ustuni shaharning turli nuqtalaridan ko‘rinib turgan, jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Ko‘p qavatli uylarda yashovchilarni evakuatsiya qilish e’lon qilingan. Shahar metrosi faoliyati to‘xtatilgan. Seysmologlar ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i Tailandning Ratburi provinsiyasi yaqinida bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod shahrida zilzila sodir bo‘lgani va uning kuchi O‘zbekistonning bir nechta hududlarida ham sezilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila Tailand Bangkok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing