Tailandda o‘lik ayol tobutda tirildi (video)

Olam

image

Tailandning Nonthaburi provinsiyasida krematsiya (jasadni yoqish) uchun olib kelingan 65 yoshli ayol tobut ichida tirildi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ayolga “o‘lgan” deb notog‘ri tashxis qo‘yilgan. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, ibodatxona xodimlari tobut ichidan zaif taqillash ovozini eshitib qolgan.

“Men ulardan tobutni ochishni so‘radim va hamma hayratda qoldi. Ayolning ko‘zlari biroz ochiq edi, u tobutni taqillatgan. Ehtimol, u anchadan beri shunday yotgandir”, deb holatga izoh bergan ibodatxona rasmiysi.

Ayolning akasi aytishicha, singlisi ikki yil davomida to‘shakda yotgan, sog‘lig‘i yomonlashgan va ikki kun oldin nafas olmayotgandek ko‘ringan. Shundan so‘ng u ayolni tobutga solib, Bangkokdagi shifoxonaga donorlik uchun olib kelgan. Ammo shifoxona o‘lim haqidagi rasmiy guvohnoma bo‘lmagani sababli donorlikni qabul qilmagan.

Shundan keyin u ibodatxonaga murojaat qilgan, biroq hujjatlar yo‘qligi bois bu yerda ham krematsiya amalga oshirilmagan.

Ibodatxona xodimi erkakka o‘lim guvohnomasini olish tartibini tushuntirayotgan paytda tobut ichidan taqillash ovozi eshitilgan va ayol zudlik bilan kasalxonaga yuborilgan. Shifokorlar unga og‘ir gipoglikemiya – qondagi qand miqdorining keskin pasayishi tashxisini qo‘yib, ayolning yurak va nafas olish faoliyati aslida to‘xtamaganini tasdiqlagan.

Qayd etilishicha, ibodatxona ayolning tibbiy xarajatlarini o‘z zimmasiga olgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq olimlar qarishning asosiy sababini aniqlagani haqida xabar berilgandi. O‘smirlik davridagi tajovuzkor xulq biologik qarish jarayonini tezlashtirishi mumkin.

Komila Qobilova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tailand Nonthaburi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing