Tailandda ikki xil vaksina olgan ayol vafot etdi
Olam
−
24 iyul 2021
8246Tailandda bir ayol koronavirusga qarshi ikkinchi bor emlangandan so‘ng uyda vafot etdi. Ma’lum bo‘lishicha, u ikki xil vaksina olgan. Bu haqda “The Phuket News” xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, 39 yoshli ayol AstraZeneca vaksinasi bilan emlanganidan bir kun o‘tib vafot etgan. U birinchi bor emlanganida Sinovac vaksinasini qabul qilgan. Tailand Kasalliklarni nazorat qilish departamenti, o‘z navbatida, uning o‘limiga qon quyqasi tufayli miya shishi sabab bo‘lganini aytgan.
Departament doktori Chavetsan Namvatga ko‘ra, bu muqobil vaksina bilan emlangandan keyin mamlakatda birinchi o‘lim hisoblanadi. Uning aniqlik kiritishicha, mamlakat rasmiylari o‘limning emlash bilan bog‘liqligini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazadi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning iyul oyi o‘rtalarida Tailand ikki xil COVID-19 vaksinasini — Sinovac va AstraZeneca’ni aralashtirishga ruxsat bergan. Qaror tibbiyot xodimlari o‘rtasida kasallik sonining keskin ko‘payishidan so‘ng qabul qilingan. Bugungi kunga qadar 84 mingga yaqin odam turli vaksinalar bilan emlangan.
Tailandda ayni vaqtga qadar 453 mingdan ko‘p kishida koronavirus aniqlangan. 3697 nafar bemor vafot etgan.
LiveBarchasi