Tailandda giyohvand moddalar yuklangan avtomobil auksionga qo‘yildi

Olam

image

Tailandning giyohvand moddalari nazorati xizmati xatolik tufayli musodara qilingan va yukxonasida giyohvand moddalar bo‘lgan avtomobilni auksionga qo‘yib yubordi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Xaridor Honda CR-V avtomobilini 19 ming dollarga sotib oldi. Mashinani avtoservisga olib borishganida, uning bamperidan 94 ming dona amfetamin tabletkasi chiqqan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil o‘tgan yili musodara qilingan. Giyohvand moddalari nazorati xizmati uni sinchkovlik bilan tekshiruvdan o‘tkazgan. Mashinani qo‘lga olishganida, orqa o‘rindiqda 100 ming dona tabletka borligi aniqlangan.

Ammo bamper ortidagi “yaba” giyohvandlik moddasini (metamfetamin va kofein kombinatsiyasini o‘zida jamlagan noqonuniy modda) topa olishmaydi. Xizmatdagilarning aytishicha, bunga sabab, uning “yaxshigina yashirilganida”.

Mexanik va avtomobilning yangi egasiga yordam uchun mukofot va’da qilindi.

“Yaba” – tarjima qilinganida “telba dori”, Tailand va Myanmada keng tarqalgan. 2018 yil 516 million “yaba” tabletkalari musodara qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Tailand giyohvand moddalar

Baholaganlar

122

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing