Tailandda ayolning oyog‘ini travolator “chaynab” yubordi

Olam

image

Tailandda 57 yoshli ayol travolatorga yiqilib, oyog‘idan ayrildi. Bu haqda “The Thaiger” nashri xabar berdi.

Aniqlanishicha, ushbu baxtsiz hodisa Bangkokdagi Don Muang xalqaro aeroportida yuz bergan.

Ayol to‘satdan chamadonga qoqilib, yiqilib tushgan. Shundan so‘ng, ayolning oyog‘i travolator ichiga kirib ketgan. Aeroport xodimlari jabrlanuvchiga dastlabki yordamni berishgan. Keyin ayol shifoxonaga yotqizilgan. 

Ma’lum qilinishicha, jarohatlarning og‘irligi tufayli ayolning bir oyog‘ini kesib tashlashga to‘g‘ri kelgan.

Hodisa mexanizmning noto‘g‘ri ishlashi yoki ishchilarning e’tiborsizligi tufayli sodir bo‘lganini aniqlash uchun tekshiruv boshlangan.

“Biz Don Muang aeroportidagi noxush voqeadan chuqur afsusdamiz va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, tibbiy xarajatlarni qoplashga va zarur tovon to‘lashga tayyormiz”, deyiladi aeroport bayonotida.

Shuningdek, aeroport direktori Karant Tanakuldjirapat voqeadan so‘ng barcha travolatorlar xavfsizlik tekshiruvi uchun o‘chirilganini ma’lum qilgan.

Ushbu travolator Hitachi kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va aeroportda 1996 yildan beri ishlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Tailand travolator

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing