Tailandda 8 nafar rohibni mashina bosib ketdi (video)

Olam

image

Bugun, 2 iyul kuni Tailandda sakkiz nafar rohib pikap bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi, yana 13 kishi og‘ir jarohat oldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi voyaga yetmagan shaxs. Bu haqda “Thai Enquirer” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, YTH mahalliy vaqt bilan soat taxminan 11:55 da Ming tumanidagi Xuay Sing qishlog‘i yaqinida yuz bergan. O‘ndan ortiq rohib “Wat Roi Phra Phutthabat Phu Manorom” ibodatxonasida tushlik qilgandan so‘ng Don Tan tumani tomon piyoda yo‘l olgan. Harakatlanish vaqtida ularning guruhiga pikap mashinasi kelib urilgan.

Voqea joyiga politsiya va qutqaruv xizmati xodimlari yetib borgan. Jarohatlangan rohiblar shifoxonaga yetkazilgan va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Hodisa sabablari aniqlanmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, pikap rulida 11 yoshli bola bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Biroq politsiya hozircha haydovchining yoshini rasman tasdiqlagani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikaning Kaba-San-Lukas shahrida milliy terma jamoaning Jahon chempionatidagi g‘alabasini nishonlash chog‘ida avtomobil muxlislar ustiga bostirib borgandi. Oqibatda 17 kishi jarohat olgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing