Tailandda 15 kunlik motam e’lon qilindi

Olam

image

Bugun, 12 iyun kuni Tailand qiroli Maxa Vachiralongkornning to‘ng‘ich qizi malika Bajrakitiyabxaning vafoti munosabati bilan mamlakatda 15 kunlik rasmiy motam e’lon qilindi. Bu haqda “Asean now Thailand” xabar berdi.

Qayd etilishicha, butun mamlakat bo‘ylab hukumat binolari, davlat muassasalari va ta’lim muassasalarida davlat bayroqlarini pastga tushirish buyurilgan. Ushbu qaror Vazirlar Mahkamasining maxsus yig‘ilishida qabul qilingan va unda malikaning xotirasi bir daqiqalik sukut saqlash bilan yod etilgan. Hukumatga dafn marosimi va qirollik marosimlarini barcha ulug‘vorlik hamda an’analarga rioya qilgan holda o‘tkazishni ta’minlash topshirilgan.

Fuqarolar belgilangan qoidalarga muvofiq motam tutishga chaqirildi. Erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, Bosh vazir doimiy kotibiyati qirollik dafn marosimlarini nazorat qilish uchun Bosh vazir raisligida qo‘mita tuzadi. Davlat muassasalari 100 kunlik dafn janoza marosimlari davrida davlat xizmatchilarining har kungi ishtirokini tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, malika Bajrakitiyabxa uch yildan ortiq vaqt davomida komada yotib 47 yoshida vafot etgandi. U davlat xizmati va sud tizimini isloh qilish sohasidagi loyihalari, xususan, tailandlik mahkuma ayollarni ozodlikka chiqishlaridan oldin reabilitatsiya qilishga qaratilgan kampaniyasi tufayli tailandliklar orasida katta hurmat va mashhurlikka ega edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tailand motam malika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing