Tailandda ham maymunchechak aniqlandi

Olam

image

Tailandga o‘tgan hafta Afrikadan kelgan va test natijalari kutilayotgan yevropalik erkakda M-pox aniqlandi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Tailandda istiqomat qiluvchi 66 yoshli yevropalik erkak mamlakatga avgust oyida kelgan va u M-pox’ning “Clade 1” shtammini yuqtirib olganligi taxmin qilinmoqda.

Kasalliklarni nazorat qilish departamenti bosh direktori Thongchay Keratihattayakornga ko‘ra, u parvozdan kelganidan keyin boshqalar bilan juda oz vaqt muloqotda bo‘lgan. U soat 18:00 atrofida mamlakatga kelgan va 15 avgust kuni shifokor ko‘rigiga borgan.

Qayd etilishicha, erkak o‘zida “Clade 1” bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun tekshiruvidan o‘tgan. Tekshiruv natijasi 23 avgust kuni chiqishi kutilmoqda. Shuningdek, mamlakatda u bilan aloqa qilganlikda gumonlanayotgan 43 kishi kuzatuvga olingan.

Ma’lumot uchun, Tailandda 2022 yildan beri M-pox “Clade 2” bilan kasallanishning 800 ta holati tasdiqlandi, ammo hozirgacha “Clade 1” yoki “Clade 1b” shtammlari aniqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Filippinda ham maymunchechak bilan kasallanish holati qayd etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tailand maymunchechak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing