Tailand O‘zbekiston fuqarolariga viza rasmiylashtirishni to‘xtatib qo‘ydi

Jamiyat

image

Tailand qirolligi O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatga kirish vizalarini rasmiylashtirishni to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

O‘zbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Tailand qirolligi Hukumati COVID-19 koronavirusining tarqalishi munosabati bilan 18 ta davlat,  jumladan O‘zbekiston fuqarolari uchun mamlakat aeroportlarida kirish vizalarini (Visa on Arrival) rasmiylashtirish tartibini bekor qildi. 

Tailand tomoni mazkur mamlakatlarning fuqarolariga kirish vizalarini qirollikning xorijdagi diplomatik vakolatxonalaridan birida rasmiylashtirishni tavsiya qilmoqda. Ushbu jarayon noma’lum muddatga joriy qilinmoqda va koronavirus tarqalishi darajasining pasayganidan keyin qayta ko‘rib chiqiladi. 

Yuqoridagilarni inobatga olib TIV Tailand, Kambodja va Laos hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda O‘zbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasiga +66-2-675-39-95 va +66-9-5502-6770 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

viza Tailand

Baholaganlar

72

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing