Tailand sudi Bosh vazirni lavozimidan chetlatdi

Olam

image

Tailand Konstitutsiyaviy sudi “Phya Thai” partiyasidan chiqqan Bosh vazir Settha Thavisinni axloq kodeksini buzganlikda aybdor deb topdi va uni lavozimidan chetlatdi. Bu haqda sudning tegishli qarori e’lon qilindi.

To‘qqiz sudyadan besh nafari hukumat rahbarining iste’fosi uchun ovoz berdi. Sudyalar Thavisinni 2024 yil aprelida Phichit Chinbanni vazir etib tayinlashdagi qonunbuzarliklar uchun aybdor deb topdi.

“Bu “Phya Thai” partiyasining birinchi marta to‘siqlarga duch kelishi emas. Lekin biz ishlashda davom etamiz. Biz har yiqilganimizda to‘xtamaymiz. Biz oldinga boramiz”, deyiladi partiya bayonotida.

Bosh vazir bilan birga uning kabineti ham iste’foga chiqadi.

Bosh vazir o‘rinbosari va Savdo vaziri Pxumtxam Vechaychay muvaqqat hukumat rahbari bo‘lishi kutilmoqda. Endilikda Vakillar palatasi (parlament quyi palatasi) a’zolari 2023 yilgi parlament saylovlaridan keyin partiyalar tomonidan ilgari taqdim etilgan nomzodlar ro‘yxatidan yangi Bosh vazirni ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi kerak.

“Phya Thai” partiyasi vakillari, uning raisi Fetongtan Shinavatra va Bosh vazir maslahatchisi Chaykasem Nitisiri, shuningdek, “Phumchaithai” partiyasi yetakchilari Anutin Chanvirakun, Phalang Pracharat Pravit Vongsuvan va Ruam Thai San Chat Firaphan Saliratviga hukumat rahbari lavozimiga nomzodini ko‘rsatishi mumkin.

Tailand ommaviy axborot vositalari esa Thavisin hukumatida Ichki ishlar vazirligini boshqargan Anutin Chanvirakunga yetakchilik qilishini taxmin qilmoqda.

Agar parlament a’zolari yuqoridagi nomzodlar orasidan Bosh vazirni tanlay olmasa, muvaqqat hukumat rahbari Vakillar palatasining tarqatilishini e’lon qilishi mumkin. Bunda saylov komissiyasi besh kun ichida parlament saylovi sanasini e’lon qilishi kerak bo‘ladi. Biroq, mahalliy kuzatuvchilar bunday natijani dargumon deb hisoblaydi.

Settha Thavisin nomzodi qirollik parlamenti tomonidan 2023 yil 22 avgustda tasdiqlangan. 23 may kuni Konstitutsiyaviy sud 40 senatorning Bosh vazir iste’fosini talab qilgan arizasini qabul qildi. Sud ish ko‘rilayotganda Thavisinni hukumat boshlig‘i lavozimidan chetlashtirishni rad etdi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Bosh vazir Tailand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing