Tailand klubi Sergeyevning xet-triki evaziga OCHLga chiqdi
Sport
−
22 avgust 2023
14399Osiyo chempionlar ligasi so‘nggi saralash bosqichi doirasida “Shanxay Port” va “Pathum Yunayted” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Uchrashuvda tarkibida o‘zbekistonlik futbolchi Igor Sergeyev bo‘lgan Tailand jamoasi 3:2 hisobida zafar quchdi.
E’tiborli jihati, mazkur bahs davomida “Shanxay Port” darvozasiga kiritilgan har uchta gol o‘zbekistonlik legioner nomiga, xet-trik sifatida rasmiylashtirildi. Mazkur g‘alaba orqali Tailand klubi sharqiy mintaqada OCHL guruh bosqich yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik 30 yoshli futbolchi shu yilning iyul oyida Tailandning “Pathum Yunayted” klubi bilan shartnoma imzolagan. U bunga qadar Qozog‘istonning “Tobol” klubi safida to‘p surgan. Igor mazkur klub sharafini 2021 yildan 2023 yilga qadar himoya qildi. Shuningdek, Sergeyev “Paxtakor”, “Beysin Goan”, “Al-Zafra” va “Aktobe” klublarida ham faoliyat olib borgan.
LiveBarchasi