Taglikka oltin yashirganlar ushlandi
3-sahifa
−
04 noyabr 6758 1 daqiqa
O‘zbekistondan quyma oltin bo‘laklarini chaqaloq tagligi ichiga yashirgan holda olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh etildi. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Yallama” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan O‘zbekistondan chiqib ketayotgan fuqaro belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Uning qo‘l sumkasi ko‘zdan kechirilganda, ichida umumiy og‘irligi 111 gramm bo‘lgan 2 dona oltin quymasi chaqaloqlar tagligiga yashirilgani aniqlangan. Dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra, ushbu buyumlarning umumiy qiymati 133 mln so‘mni tashkil qilgan.
Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, amaldagi qonunchilikka muvofiq, jismoniy shaxslarga og‘irligi 200 grammgacha bo‘lgan kumushdan hamda 65 grammgacha bo‘lgan oltin yasalgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, ushbu miqdorlardan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Termiz aeroporti chegara bojxona postida yo‘lovchilardan biri 5 dona qadimiy tangalarni yashirincha olib chiqishga uringan vaqtida to‘xtatib qolingandi.
Live
Barchasi