Surxondaryoda 5 asrlik tangalarni chetga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Jamiyat
−
04 noyabr 2025 2689 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Termiz aeroporti chegara bojxona postida yo‘lovchilardan biri 5 dona qadimiy tangalarni yashirincha olib chiqishga uringan vaqtida to‘xtatib qolindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Badiiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, kumushdan ishlangan mazkur tangalar XVI asrga mansub bo‘lib, Buxoro xonligi davrida zarb etilgan.
Tangalar Termiz arxeologiya muzeyiga topshirilgan. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, yaratilganiga 50 yil va undan ortiq vaqt o‘tgan madaniy boyliklarni, shu jumladan, numizmatika ashyolarini mamlakatdan olib chiqish taqiqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida miloddan avvalgi II-I asrlardan milodiy XX asrgacha bo‘lgan davrga oid 400 mln so‘mlik tangalarni chet elga olib chiqishga uringan shaxs aniqlangandi.
Live
Barchasi