“Taftish.uz” ishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq, “Taftish.uz” saytining 4 nafar xodimi tovlamachilik va firibgarlikda gumonlanib qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi tergov departamenti va uning quyi tizimlari tomonidan 27 nafar fuqaroning murojaatlari asosida 21 ta holatda Jinoyat kodeksining 168-moddasi, (firibgarlik) 165-moddasi, (tovlamachilik) 139-moddasi (tuhmat) va 244-6-moddasida (yolg‘on axborot tarqatish) nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Yuqorida ko‘rsatilgan holat bo‘yicha bugun, 16 yanvar kuni soat 11:00 larda 5 nafar fuqaro: 1988 yilda tug‘ilgan Abirayev G‘ayrat Nusratovich, 2006 yilda tug‘ilgan Eshquvvatova Marjona Sherali qizi, 1992 yilda tug‘ilgan Yo‘ldoshov Azizjon Bahromjonovich, 1998 yilda tug‘ilgan Nishonov Dilshod Tohirovich va 2000 yilda tug‘ilgan Hamidov Sardor Muhsin o‘g‘li protsessual tartibda gumonlanuvchi sifatida jalb etilgan.

Mazkur shaxslarning jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi tariqasida jalb etilishiga fuqarolarning arizalari, tergovga taqdim etilgan audio-video yozuvlar, sud ekspertiza xulosalari, guvohlarning ko‘rsatmalari va boshqa dalillar asos bo‘lgan.

Bildirilishicha, mazkur jinoyat ishi sifatli, har tomonlama va adolatli tergov qilinishi, ishga aloqador shaxslarning harakatlari, qonuniy himoya qilinishi, isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar to‘liq va xolisona tekshirilishi tergov departament rahbari tomonidan nazoratga olingan.

“Mazkur jinoyat ishi biron-bir ommaviy axborot vositasi va ijtimoiy tarmoq vakillariga qaratilmagan bo‘lib, fuqarolarning murojaatlari asosida ayrim shaxslarning xatti-harakatlariga dastlabki tergov harakatlari davomida qonuniy baho berilmoqda”, deyiladi xabarda.

Fuqarolardan Ichki Ishlar vazirligining rasmiy manbalarida e’lon qilinmagan, asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik so‘raladi.


Maqola muallifi

Teglar

Taftish.uz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing