“Taftish.uz”ning 4 nafar xodimi qo‘lga olindi
3-sahifa
−
16 yanvar 15191 1 daqiqa
Bugun, 16 yanvar kuni “Taftish.uz” saytining 4 nafar xodimi tovlamachilik va firibgarlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) va 168-moddasida (firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, 1988 yilda tug‘ilgan G‘ayrat Aberayev hamda “Taftish.uz” ommaviy axborot vositasi xodimlari 1992 yilda tug‘ilgan Azizjon Yuldashev, 2000 yilda tug‘ilgan Sardor Hamidov, 2006 yilda tug‘ilgan Marjona Eshquvvatova hamda 1998 yilda tug‘ilgan Dilshod Nishonovlar protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda ularning qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) hamda 244-6-moddasida (yolg‘on axborot tarqatish) ko‘rsatilgan jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
“Taftish.uz” ommaviy axborot vositasi yopilganligi haqidagi xabarlar asossiz bo‘lib, ushbu nashr kundalik faoliyatini davom ettirmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.
Live
Barchasi