Taekvondo: Jasur Jaysunov Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi
Sport
−
25 iyun 2022
6104Janubiy Koreyaning Chunchon shahrida taekvondo bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun, 25 iyun kuni Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi.
-74 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Jasur Jaysunov qit’a chempionligiga sazovor bo‘ldi.
Finalda jahon chempionatining kumush medal sohibi, 2018 yil Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlari g‘olibi eronlik Mirhoshim Hossayniga qarshi bahs olib bordi. Shiddatli zarbalar va keskin raqobat ostida kechgan bahsda Jaysunov tajribali raqibini mag‘lub etdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasining musobaqada qo‘lga kiritgan medallari 2 ta oltin, bittadan kumush va bronzani tashkil etmoqda.
Ulug‘bek Rashitov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Feruza Sodiqova bronza, Charos Qayumova esa kumush medallarga ega chiqdi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi