Tadbirkorlarning elektr ta’minotiga ulanishi uchun yangi yig‘im joriy qilinadi
Jamiyat
−
22 mart 2021
6796Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida “Iste’molchilarning elektr tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Loyihaga muvofiq quyidagicha tartib o‘rnatiladi:
• quvvati 20 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun elektr ta’minoti loyihasini ishlab chiqish talab etilmaydi. Bunda HETK tomonidan ishlab chiqilgan quvvati elektr tarmoqlariga ulash sxemasi elektr ta’minoti loyihasi hisoblanadi va uning kelishuvi talab etilmaydi;
• quvvati 20 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilar (maishiy iste’molchilardan tashqari) tayyor holda elektr tarmoqlariga ulanish bo‘yicha HETKga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida bir martalik to‘lovni amalga oshiradi, elektr ta’minoti shartnomasini (oferta) imzolaydi va iste’molchi o‘n ish kuni muddatda HETK tomonidan elektr tarmoqlariga ulab beriladi;
• quvvati 20 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni elektr tarmoqlarga tayyor holda ulash yuzasidan barcha ishlar (elektr tarmoqlariga ulash sxemasini ishlab chiqish, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish, elektr energiyasini o‘lchash vositasini o‘rnatish va plombalash naryadini rasmiylashtirish hamda elektr ta’minoti shartnomasini tuzish) HETK tomonidan amalga oshiriladi;
• quvvati 20 kVtdan 50 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun elektr ta’minoti loyihasi ishlab chiqiladi;
• quvvati 20 kVtdan 50 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish bo‘yicha HETKga bazaviy hisoblash miqdorining 60 baravari miqdorida bir martalik to‘lovni amalga oshiradi, elektr ta’minoti shartnomasini (oferta) imzolaydi va iste’molchi yigirma ish kuni muddatda elektr tarmoqlariga HETK tomonidan ulab beriladi;
• quvvati 20 kVtdan 50 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga tayyor holda ulash yuzasidan barcha ishlar (elektr ta’minoti loyihasini ishlab chiqish, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish, elektr energiyasini o‘lchash vositasini o‘rnatish va plombalash naryadini rasmiylashtirish va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish) HETK tomonidan amalga oshiriladi;
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 26 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasi korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ rahbari Ulug‘bek Mustafoyevga 2021-2022 yillarda elektr energiyasi tariflarini oshirmaslik bo‘yicha topshiriq bergan. Bu haqda Ulug‘bek Mustafoyevning o‘zi aytib o‘tgandi.
LiveBarchasi