Tadbirkorlarni tekshirishga qo‘yilgan taqiq yana bir yilga uzaytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaati davomida tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirish uchun o‘rnatilgan moratoriy qanday samara berganini aytib o‘tdi.

“Bundan 4 yil oldin tadbirkorlik sub’ektlarida tekshirishlar o‘tkazishga moratoriy e’lon qilingan edi. Buning natijasida, o‘tgan davrda tadbirkorlar soni 2 barobar ko‘payib, 400 mingtaga yetdi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident shuning uchun, moratoriy muddatini yana bir yilga uzaytirishni taklif qildi va halol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor kuchaytirilishini ma’lum qildi.

“Shu bilan birga, Hukumat bozorda teng raqobat muhitini yaratish va halol-pok tadbirkorlarni, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlayotgan vijdonli tadbirkorlarni, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida, “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirishga qaratilgan, mexanizmlar joriy etiladi”, dedi Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

moratoriy Murojaatnoma

Baholaganlar

140

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing