Tadbirkorlarni homiylik ishlari va tadbirlarga majburiy jalb etish taqiqlanadi

Jamiyat

image

Tadbirkorlarni majburan homiylikka va boshqa tadbirlarga jalb etganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qilmoqda.

Davlat organlarining va davlat tashkilotlarining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan tadbirkorlarni pul yoki boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bog‘liq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa quyidagi jinoiy jazolarga tortilishi mumkin:

•    eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan (40 mln 546 ming so‘mdan) to‘rt yuz baravarigacha (81 mln 92 ming so‘mgacha) miqdorda jarima;
•    uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish; 
•    uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari;
•    uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash; 
•    uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.


Maqola muallifi

Teglar

Tadbirkor

Baholaganlar

33

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing