Tadbirkorlarga eksportiga qarab moliyaviy yordam beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistondan eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun tabaqalashtirilgan moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi ishga tushiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining joriy yilning 30 sentyabr kuni qabul qilingan “Tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.

Farmonga muvofiq eksportchi korxonalarni ochiq tanlov orqali saralab, ularni yetakchi eksportyorlarga aylantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi amalga oshiriladi.

Dasturga kiritilgan eksportchi korxonalarga Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirishi uchun oxirgi 12 oydagi eksport hajmidan kelib chiqib quyidagi moliyaviy yordamlar ko‘rsatiladi:

•    eksport hajmi 1 million dollardan 5 million dollargacha bo‘lganda – 1 million dollargacha;
•    eksport hajmi 5 million dollardan 10 million dollargacha bo‘lganda – 2 million dollargacha;
•    eksport hajmi 10 million dollardan 15 million dollargacha bo‘lganda – 3 million dollargacha;
•    eksport hajmi 15 million dollardan 20 million dollargacha bo‘lganda – 4 million dollargacha;
•    eksport hajmi 20 million dollardan ortiq bo‘lganda – 5 million dollargacha;
•    bitta xalqaro standartni joriy qilish va sertifikatni olishi uchun ularga 30 ming AQSH dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.


Maqola muallifi

Teglar

eksport

Baholaganlar

53

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing