Tadbirkorlarga eksport uchun yana bir yengillik berildi
Jamiyat
−
09 noyabr 2022
5155Ertaga, 10 noyabrdan yakka tartibdagi tadbirkorlarning meva-sabzavot eksport qilishi uchun yana bir to‘siq bekor qilinadi. Bugun, 9 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidentining qarori bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qarorga ko‘ra, 2022 yil 10 noyabrdan yakka tartibdagi tadbirkorlarga oldindan to‘lov, ochilgan akkreditiv, rasmiylashtirilgan bank kafolati va eksport shartnomasini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish bo‘yicha polis mavjud bo‘lmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish huquqi beriladi.
Avvalroq, 2 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidentining issiqxona egalariga imtiyozlar berishni nazarda tutuvchi qarori qabul qilingandi. Unda issiqxonalarda gazdan qarzdorlik uchun 6 oy penya hisoblanmasligi belgilangandi.
LiveBarchasi