Tadbirkorlarga bojxona rasmiylashtiruvi paytida “yashil yo‘lak” tartibi qo‘llaniladi
Jamiyat
−
15 may 2023 4317 2 daqiqa
“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida ishtirok etayotgan tadbirkorlarga bojxona rasmiylashtiruvi paytida “yashil yo‘lak” tartibi qo‘llaniladi. Bu haqda bugun, 15 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlashda yangi bosqichga o‘tish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Ushbu dasturga kirgan tadbirkorlarga infratuzilma, yer va bino-inshootlar bilan ta’minlashda qo‘shimcha yengilliklar beriladi:
- yer, bino-inshootlarni auksion orqali xususiylashtirishda bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi;
- qiymati 50 milliard so‘mdan yuqori loyihalar bo‘yicha infratuzilma xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
Shuningdek, mazkur dasturda ishtirok etayotgan tadbirkorlarga bojxona rasmiylashtiruvi paytida “yashil yo‘lak” tartibi qo‘llaniladi.
Soliq va bojxona imtiyozlari to‘liq berilishini, arzon kreditlar o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlamagan rahbarlarga javobgarlik choralari ko‘rib boriladi.
Davlat rahbari ushbu tizim bir martalik ish emas, davomli jarayon bo‘lishi zarurligini qayd etib o‘tgan.
Shu bilan bir qatorda, Vazirlar Mahkamasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Iqtisodiyot va moliya vazirliklariga joylarga chiqib, tadbirkorlar ko‘targan muammo va takliflarni o‘rganish va ularga ko‘maklashish topshirilgan.
Mutasaddilar oldiga yil yakuniga qadar ushbu yangi tizim asosida 550 ming aholini o‘qitib, kambag‘allikdan chiqarish choralarini ko‘rish vazifasi qo‘yilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr