Tadbirkorlar 3 toifaga ajratilib, shunga ko‘ra soliq belgilanadi – Prezident

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlari aylanmasiga ko‘ra toifalarga bo‘linib, shunga muvofiq soliq belgilanadi. Bu haqda bugun, 22 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Davlat rahbari soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan 5 ta yo‘nalishda tashabbuslarni bildirdi. 

Birinchi yo‘nalish – korxonalarni toifalarga ajratib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida yondashuvni belgilash.

Bunda, korxonalar yillik aylanmasi bo‘yicha toifalarga ajratiladi. Bular:

•    1 milliard so‘mgacha bo‘lgani – mikro biznes;
•    10 milliard so‘mgacha bo‘lgani – kichik biznes;
•    100 milliard so‘mgacha bo‘lgani o‘rta biznes toifasiga.

Shundan kelib chiqib 2023 yil 1 yanvardan boshlab mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4 foizdan 25 foizgacha bo‘lgan stavkalari o‘rniga yagona 4 foizli soliq stavkasi joriy etiladi.

Bunda, olis hududlardagi va alohida toifadagi tadbirkorlar uchun amaldagi 1 va 2 foizli stavkalar saqlab qolinadi yoki ular ixtiyoriy ravishda yiliga 20-30 million so‘m to‘lasa, buxgalteriya hisobini yuritish va soliq idoralariga taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi.

Ikkinchi toifa, ya’ni aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshib, umumiy soliq to‘lash tartibiga o‘tgan korxonalar bir yil davomida foyda solig‘ini 2 barobar kam to‘laydi.

"Ushbu imkoniyatlar 370 ming tadbirkorga yengilliklar yaratadi va ularga juda katta stimul beradi", deydi Shavkat Mirziyoyev.

 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing