Tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulangan shaxslarga jinoyat ishi ochildi

Jamiyat

image

Bosh prokuraturasi huzuridagi Departament “Toshkenttumangaz” gaz tarmoqlari filiali (GTF) bilan hamkorlikda respublika bo‘yicha tergov ishlarini o‘tkazdi.
Unda mamlakatning bir qancha tumanlarida tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulangan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Prokuratura Departamentining rasmiy Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Masalan, Departamentning G‘ijduvon tuman bo‘limi tomonidan “Hududgaz Buxoro” GTF tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.S.” MCHJ rahbari S.H. korxonaga qarashli issiqxonani o‘zboshimchalik bilan gaz tarmog‘iga ulab, 186,9 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 186,9 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Shuningdek, Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan “M.B.” MCHJ rahbari A.G. “Yonariq” MFYdagi ishlab chiqarish sexini o‘zboshimchalik bilan gaz tarmog‘iga ulab, 270,2 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan va buning oqibatida esa 270,5 mln so‘m miqdorda davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazgan.

“Xududgaz Qashqadaryo” GTF hamda Departamentning Qarshi tuman bo‘limi tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Yu.D. “Istiqlol” MFYdagi xonadonidagi issiqxonani o‘zboshimchalik bilan gaz tarmog‘iga ulab olgani fosh bo‘lib, 184,3 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan va 184,6 mln so‘m davlat byudjetiga zarar yetkazgan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati prokurori Prezident Administratsiyasidan noqonuniy gazga ulangan g‘isht zavodni tarmoqdan uzmaslikni so‘ragani haqida xabar bergan edik. O‘shanda Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov “Prokurorning manfaati bormi bunday noqonuniy ulanishga?” deya jiddiy savolni o‘rtaga tashlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz prokuratura departament

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing