Svetoforda to‘xtab harakatlangan yuk mashinasi piyodani urib yubordi

3-sahifa

image

Joriy yilning 12 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida yuk avtomashinasi haydovchisi yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Natijada piyoda vafot etdi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

YTH soat 14:00 lar atrofida yuz bergan. Haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan J.B. Man TGS 40.400 rusumli yuk mashinasini boshqarayotgan bo‘lgan. U svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida to‘xtab, yashil chirog‘ida harakatlangan vaqtida, yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyoda 55 yoshli G.A.ni urib yuborgan. G. A. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

surxondaryo tergov piyoda

Baholaganlar

362

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing