Svetlana Ortiqova 3 viloyatga borib, odamlar dardiga quloq tutdi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bundan 11 kun avval,  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Svetlana Ortiqova O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi

Ortiqova allaqachon prokuraturada ish boshlab, viloyatlar bo‘ylab sayyor qabullarga chiqishga, odamlar bilan muloqot qilishga ham ulgirdi. U 11-16 noyabr kunlari o‘zi tug‘ilib, voyaga yetgan Namangan, qolaversa, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida sayyor qabul o‘tkazib, unda jami 283 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari muammolariga quloq tutgan. 

Qayd etilishicha, murojaatlarning 85 tasi sud masalalariga, 50 tasi prokuratura va 57 tasi ichki ishlar organlari faoliyatiga hamda 91 tasi ijtimoiy-iqtisodiy masalalariga oid.

“Bundan tashqari, Svetlana Ortiqova tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar holidan xabar olinib, ular uchun zarur bo‘lgan nogironlar aravachasi topshirildi. 

Bosh prokuratura tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish hamda murojaatlarini ko‘rib chiqish borasida ishlar davom ettirilmoqda”, deyiladi Bosh prokuratura tarqatgan xabarda. 


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Svetlana Ortiqova

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing