“Svet” va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlar javobgarlikka tortildi
3-sahifa
−
01 aprel
4651Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on va Jomboy tumanlarida, Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida tabiiy resurslardan o‘g‘rincha foydalangan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Kattaqo‘rg‘on tumani "Mo‘minxo‘ja" mahallasi hududidagi uyda yashovchi R.S. tijorat maqsadida tashkil etgan issiqxonani hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 587,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Jomboy tumanida olib borilgan o‘rganishlar natijasida, “T.” fermer xo‘jaligini norasmiy boshqarib kelgan N.I. fermer xo‘jaligi suv nasosini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, davlatga jami 260,2 mln so‘m zarar yetkazgan.
Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “D.S.” Mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari R.S. novvoyxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga ulab, jami 135,2 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh bo‘lgan.
"Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 28 mart kuni Xorazmda 3,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlangan edi.
LiveBarchasi