Suvni ta’mi muz bilan: poytaxt hokimligi ham maktablarda darslar boshlanishini e’lon qildi
Jamiyat
−
10 yanvar 2023
16231Ertaga, 11 yanvardan boshlab Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida ularning sharoiti, ishlashga tayyorligiga qarab, bosqichma- bosqich o‘quv jarayonlari boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi kunni o‘tkazib, tunda xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu boradagi qaror maktablar rahbariyati tomonidan ota-onalar kengashi bilan kelishgan holda qabul qilinishi tavsiya etiladi.
“Hokimlik tomonidan kommunal xizmat tizimlari mas’ullari bilan birgalikda bu sohada yuzaga kelgan muammolarni tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘riladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon va Xorazm viloyatlaridagi maktablarda ertaga, 11 yanvardan ta’lim jarayonlari tiklanishi ma’lum qilindi. Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ham 11 yanvardan boshlab oliy hamda professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashg‘ulotlari boshlanishini bildirdi.
Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi esa joriy yilning 5 yanvar kuni anomal sovuq sabab O‘zbekistondagi barcha maktablarda qishki ta’til 17 yanvargacha uzaytirilgani, 2022-2023-o‘quv yilining III choragi 2023 yilning 18 yanvaridan boshlanishini ma’lum qilgandi.
10 yanvar kuni esa Vazirlik qishki ta’til davrini uzaytirish vakolati hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy hokimliklarga berilganini aytib chiqdi.
Gidrometeorologiya xizmati markazi esa mamlakatda anomal sovuq hafta oxirigacha davom etishini aytmoqda.
LiveBarchasi