Suv va ovqatsiz yashash mumkinligini da’vo qilgan hind rohibi vafot etdi
Olam
−
27 may 2020
17112Hindistonlik rohib Prahlad Jani 90 yoshida vafot etdi. U suv va ovqatsiz yashash mumkinligini da’vo qilgan edi. Bu haqda “Fox News“ xabar berdi.
Janining jasadi Ambaji shahridagi o‘zi qurgan “ashram“ga keltirildi. U yerda uning izdoshlari u bilan xayrlashdi. Uning tanasi mumuyolandi.
Rohib 2000 yillarning boshlarida jamoatchilik e’tiborini jalb qilgan. 2003 yilda hind olimlari jamoasi uni ikki hafta kuzatdilar. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Jani butun eksperiment davomida na duv na ovqat yegan. Ushbu tajriba keyinchalik, 2010 yilda ham xuddi shunday natijalar bilan takrorlangan.
Jani “osmon tirqishidan“ kelgan “hayot eliksiri“ga egaligini ta’kidlagan.
“O‘sha vaqtda qanday tirik qolganini biz hali ham bilmaymiz. Bu qanday hodisa ekanligi haligacha sir bo‘lib qolmoqda. Biroq, ushbu tadqiqot natijalari hech qachon e’lon qilinmagan yoki taqriz qilinmagan“, degan edi nevrolog Sudxir Shah 2010 yildagi tajribadan so‘ng.
Tanqidchilarning fikricha, tadqiqot davomida unga vanna qabul qilib, og‘zini chayqashga ruxsat berilgan. Shuningdek, Jani izdoshlar bilan uchrashish va “quyosh nurlari bilan oziqlanish“ uchun kamerali jihozlangan xonalarni tark etishga ijozat berilgan. Tanqidchilar ushbu jarayonlar ustidan jiddiy nazorat bo‘lmaganini aytishadi.
LiveBarchasi