Suv nasosining ichiga narkotik yashirgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
29 may 1686 1 daqiqa
Toshkent viloyatida suv nasosining ichiga qariyb 1 kg narkotikni yashirgan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan, 1994 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan fuqaro ushlanib, undan xorijdan yuborilgan suv nasosi qurilmasi tegishli tartibda olib qo‘yilgan. Ushbu qurilma xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning ichiga 968 gr “Alfa PVP” sintetik giyohvandlik vositasi yashirilgani ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, mazkur fuqaro ijarada yashovchi Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi xonadondan ham narkotik moddalarni o‘lchash va qadoqlashda foydalaniladigan 2 ta elektron torozi, “zip” paketlar hamda skotchlar olingan. Aniqlanishicha, u internet narkodo‘konda “omborchi” vazifasida ishlagan.
Bildirilishicha, hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida o‘z uyining tomorqasida jami 300 tupdan ortiq bo‘lgan giyohvandlik o‘simliklari parvarishi bilan shug‘ullanib kelayotgan ikki shaxs qo‘lga olingan edi.
Live
Barchasi