Rasman: Erondagi samolyot halokatida 176 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
08 yanvar 2020
8495Bugun, 8 yanvar kuni Eron poytaxti Tehrondan uchgan “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” aviakompaniyasiga tegishli samolyotning qulashi natijasida bortdagi barcha odamlar halok bo‘ldi.
Samolyot bortida 167 nafar yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 6:12 da uchgan va oradan 8 daqiqa o‘tib qulagan.
Qizil yarim oy jamiyati e’lon qilgan suratlarda samolyotning sochilib yotgan parchalarini ko‘rish mumkin.
Ukraina TIV dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot yo‘lovchilari halok bo‘lganini tasdiqladi. Hozirda Ukrainaning Erondagi elchixonasi aviahalokada qurbon bo‘lgan ukrainaliklarning shaxsini aniqlash ishlarini boshlab yuborgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr