So‘rovnoma – o‘zbek oilalaridagi kelishmovchiliklar, asosan, nimadan kelib chiqmoqda?

Jamiyat

image

2020 yilning aprel oyida “Oila” markazi tomonidan “Karantin davrida oilalardagi munosabatlarni va ehtiyojlarni baholash” mavzusida tezkor onlayn so‘rovnoma o‘tkazildi. Bu haqda markaz Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tezkor-so‘rov natijalariga ko‘ra, karantinda birga vaqt o‘tkazgan davrda bu holat oila a’zolarining o‘zaro munosabatlariga ta’sir qilmagan, ta’sir qilganda ham bu yaxshi tomonga bo‘lganini ishtirokchilarning katta qismi qayd etgan. So‘rovnomada ishtirok etgan 33 foiz respondentning fikriga ko‘ra, ba’zida mojarolar kelib chiqqan va 2 foizi oilada tez-tez kelib chiqadigan janjallardan xavotirda bo‘lganini qayd etgan.

Mojarolarning 37 foizi odatdagi turmush tarzining o‘zgarishi va oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro tushunmovchilikdan, 30 foizi moddiy yetishmovchiliklardan, 10 foizi maishiy muammolardar va 3 foizi spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan kelib chiqqan.

Mojarolarni hal qilish maqsadida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, oilalarning 30 foizi moliyaviy yordamga, 9 foizi psixologik va 7 foizi huquqiy maslahatga muhtoj ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Bundan tashqari, 15 foiz oila o‘zlarining kelajaklari uchun moliyaviy qiyinchiliklar yuz berishi mumkinligidan tashvishda ekanini ta’kidlagan. 7 foiz oila esa oilaviy ahvoli tufayli tushkunlikka tushib qolgan. Farzandlarini onlayn o‘qitish bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelgan oilalar miqdori ham 7 foizni tashkil etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, so‘rovnomada O‘zbekistonning barcha hududlaridan jami 468 nafar respondent ishtirok etdi. Ularning 71 foizini ayollar, 29 foizini erkaklar tashkil etdi. Respondentlarning 67 foizi oilali, 22 foizi hali turmush qurmagan, 7 foizi beva va 5 foizi ajrashganlardan iborat bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

oila

Baholaganlar

242

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing