Surxondaryoga yangi IIB boshlig‘i tayinlandi
Jamiyat
−
27 Oktabr 2019
14159Avvalroq, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga Shuhratjon Sotiboldiyev boshliq etib tayinlangani haqida xabar bergan edik
Kecha, 26 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tuzilmalarida yana bir nechta tayinlov amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan:
Avval Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan Shuhratjon Sotiboldiyev Qashqadaryo IIBga rahbar bo‘lgani sababli polkovnik Abduvohid Salomovich Ismoilov IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
Podpolkovnik Behzod Ibrohimovich Aminqulov Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandilar.
Eslatib o‘tamiz, kecha Qashqadaryo viloyatining Mirishkor va Dehqonobod tumanlari Ichki ishlar bo‘limi boshliqlari egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
LiveBarchasi