Surxondaryoga qo‘shni mamlakatlar fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilinishi kutilmoqda
Jamiyat
−
16 noyabr 2019
3867Termiz tumanida joylashgan “Termiz kargo” logistika markazi hududiga kirishda viloyatning qo‘shni mamlakatlari fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilinadi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasida keltirilgan.
Hujjatda belgilanshicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligining Termiz tumanida joylashgan “Termiz kargo” logistika markazi hududiga kirishda viloyatning qo‘shni mamlakatlari fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilinadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligining Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi turli xususiy klinikalar tajribalaridan kelib chiqqan holda, “Termiz kargo” logistika markazi hududida viloyatning qo‘shni mamlakatlari fuqarolari uchun turli ixtisoslikdagi kasalliklarga tashxis qo‘yuvchi va davolovchi kamida 10 ta 5 qavatdan iborat zamonaviy klinikalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va tibbiyot turizmi rivojlantiriladi.
O‘zbekiston fanlar akdemiyasi, Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Surxondaryo viloyatida “Yaponiya ilmiy-amaliy” markazi tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, loyihaga o‘zgartirish kiritilishi yoki tasdiqlanmasligi mumkin.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi