Surxondaryodagi YTHda haydovchi avtomobilga qo‘shilib yonib ketdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Surxondaryoda Nexia-3 rusumli avtomobil qarama-qarshi yo‘lda harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi. YTH oqibatida yengil avtomobil ichida haydovchisi bilan yonib ketgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, YTH joriy yilning 20 kuni soat 03:00 atrofida Muzrabot tumani Do‘stlik mahallasi hududidan o‘tgan 4-K 626 avtomobil yo‘lining 30-kilometrida sodir bo‘lgan. 

Nexia-3 rusumli avtomobil haydovchisi 100 metrlar chamasidagi mahalladan chiqib, chalg‘ish natijasida qarama-qarshi yo‘lda harakatlanib kelayotgan Shacman rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida Nexia-3 da yong‘in chiqqan, avtomobil haydovchisi esa vafot etgan.

Yuk mashinasi haydovchisining so‘zlariga ko‘ra, Nexia-3 25-30 metrdan o‘zining uzoqni yoritish chiroqlarini yoqgan holatda yuk mashinasi tomon harakatlanib kelgan. Yuk mashinasi haydovchisi ham uzoqni yoritish chiroqlarini yoqib, signal chalgan ammo Nexia-3 yo‘ldan qochmagan. Natijada ikki mashina to‘qnashgan. YTHdan so‘ng yuk avtomobili haydovchisi mashinadan tushib qaraganda, Nexia-3 saloni yonayotgan bo‘lgan, ichida esa odam ko‘rinmagan.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YTH

Baholaganlar

271

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing