Surxondaryodagi to‘yda ikki mahalla odamlari janjallashdi (video)
3-sahifa
−
12 dekabr 9978 1 daqiqa
Avvalroq, QALAMPIR.UZ’ga Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi qishloqlardan birida o‘tkazilgan to‘y marosimida odamlar boshqa qishloq fuqarolarini urib, haqoratlab, uyiga jo‘natib yuborgani yuzasidan murojaat kelib tushgandi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Murojaatchining aytishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 10 dekabr kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumani “Xo‘jaidod” mahallasida yashovchi fuqaroning uyida o‘tkazilgan to‘y marosimidan so‘ng, ushbu mahallada yashovchi to‘rt kishi va qo‘shni mahalladan mehmonga kelgan bir nechta fuqarolar o‘rtasida janjalli vaziyat yuzaga kelgan.
Nizoga mahalla oqsoqollari va profilaktika inspektori aralashuvi bilan to‘liq barham berilgan va fuqarolar o‘z uylariga tarqalgan. Hech kimga tan jarohati yetkazilmagan.
Holat yuzasidan mahalla profilaktika inspektori F.Davlatmurodov tomonidan mahalla faollari ishtirokida jamoat tartibini buzgan fuqarolar bilan tushuntirish ishlari amalga oshirilib, o‘zaro yarashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda mast erkak kechasi yemakxonada janjal chiqargandi.
Live
Barchasi