Surxondaryodagi dahshatli YTHda uch kishi halok bo‘ldi (video) 

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida uch kishi vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Hodisa yuzasidan viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 17 sentyabr kuni soat 03:15 da sodir bo‘lgan. Viloyat IIB Navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Sariosiyo tumani “Shabnam” MFY hududidan o‘tuvchi M41 avtomobil yo‘lining 1463-kilometrida 2004 yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan fuqaro Nexia-2 rusumli transport vositasini “Denov-Sariosiyo” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib kelib, qarama-qarshi yo‘ldan harakatlanib kelayotgan 2005 yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan haydovchi boshqaruvidagi VAZ-2107 rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan. 

Hodisa joyidan olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, VAZ-2107 rusumli avtomobil salonida bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchi (haydovchining sinfdoshlari) vafot etib, ikkala avtotransport vositasidagi qolgan yo‘lovchilar tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. 

Hozirda holat yuzasidan Sariosiyo tuman IIB Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Surxondaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing