Surxondaryodagi chegara postida salkam 70 kg narkotik moddalar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Surxondaryoda yuk avtotransport vositasiga yashirilgan 70 kilogrammga yaqin narkotik moddalar to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Joriy yilning 7 sentyabr kuni tonggi soat 05:08 da “Sariosiyo” chegara bojxona posti orqali respublikaga kirib kelgan va hujjatlarga ko‘ra bo‘sh holatda bo‘lgan yuk mashinasiga yashirilgan 69,2 kg giyohvandlik vositalari ushlangan.
Gap shundaki, ushbu yuk mashinasi tekshirilganda avtomobil kabinasidan 66 o‘ramda giyohvandlik moddalari yashirilgani aniqlangan. O‘ramlar ochib ko‘rilganda, ularning 30 tasida 31,9 kilogramm “geroin”, 36 tasida esa 37,3 kilogramm og‘irlikdagi “gashish” giyohvandlik vositasi joylangani fosh bo‘lgan.

Ushbu holatda jami giyohvandlik vositalarining og‘irligi o‘rami bilan hisoblaganda 69,2 kilogrammni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent xalqaro aeroportida so‘nggi 30 yil ichidagi eng yirik miqdordagi – 8,5 tonna giyohvandlik moddasi to‘xtatib qolingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo gashish geroin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing