Surxondaryodagi bozorga o‘t ketdi (video)
3-sahifa
−
10:34 4204 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanidagi oziq-ovqat bozori yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 9 may kuni soat 04:25 da Qiziriq tumani, “Rabotak” MFY Qo‘shbozor ko‘chasida joylashgan bir biriga tutash bo‘lgan do‘konlarda yong‘in sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga 6 ta qutqaruv bo‘linmalari soat 04:27 da yetib borib, yong‘in soat 05:30 da to‘liq bartaraf etilgan. Mazkur yong‘in oqibatida do‘konlarning 70 kvadrat metr maydonda tom, ichki qismi va mahsulotlari yonib zararlangan. Hududning 350 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘qligi ma’lum qilingan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Esalatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Samarqand shahrida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan birida yong‘in sodir bo‘lgandi.
Live
Barchasi