Surxondaryodagi akademik litseyda portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatidagi akademik litsey qozonxonasida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda 2 nafar shaxs vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.

Bugun, 16 yanvar kuni soat 11:30 da Termiz davlat universiteti qoshidagi akademik litseyi binosini isitishga mo‘ljallangan qozonxonada portlash sodir bo‘ldi. Portlashga tashqi tomon quvurlarining muzlab qolishi oqibatida ortiqcha bug‘ to‘planib, ichki bosim yuqori darajada ortib ketishi sabab bo‘lgan.

Portlashda shu yaqin atrofda faoliyat olib borayotgan ikki nafar xodim zarb tufayli tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan. Yana bir xodim tan jarohati olgani sababli Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Surxondaryo filialiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryodagi xonadonda gaz portlashi oqibatida 2 kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing