Surxondaryoda “Jihodchilar” ekstremistik oqimi a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat
−
09 iyun 2020
21211Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hududida “Jihodchilar” ekstremistik oqimi faoliyat olib borayotgani ma’lum bo‘ldi. joriy yilning 8 iyun kuni viloyat IIB va DXX xodimlari hamkorligida ushbu oqimning bir guruh a’zolarining noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ekstremistik faoliyatga aloqadorlikda gumon qilinayotgan Boysun tumanida yashovchi bir guruh fuqarolarning yashash manzillarida tintuv va olib qo‘yish tergov o‘tkazildi. Oqibatda, ularning ayrimlari o‘zlarining uyali aloqa vositalari va kompyuter qurilmalari xotirasida taqiqlangan adabiyotlarni saqlash va tarqatish orqali inson ongini yot g‘oyalar bilan buzib kelayotganligi ma’lum bo‘lgan.
“Dastlabki tekshiruvlar natijasida aniqlanishicha, ekstremistik guruhning a’zolari mehnat migranti sifatida Rossiya Federatsiyasiga borib, u yerda ishlashi davomida xalqaro terroristik tashkilotlarning yot g‘oyalarga yollovchi g‘oyalari ta’siriga tushib, oqim g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab kelgan. Bundan tashqari, yashash manzillariga kelganlaridan keyin ham tuman hududida “Jihodchilar” ekstremistik oqimning yashirin jamoatini tuzib, yaqinlari orasida da’vat qilish ishlarini olib borib, ekstremistik ruhdagi materiallarni tarqatib kelayotganligi aniqlandi”, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, hozirda aniqlangan materiallar yuzasidan sudga doir adabiyotshunoslik ekspertizalari tayinlanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi