Surxondaryoda YPX inspektorlari tarvuz o‘g‘irlagani aytilgan video tarqaldi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tarvuz o‘g‘irlagani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Tarqalgan videodagi holat joriy yilning 19 iyul kuni soat 19:30 larda Qumqo‘rg‘on tumani “Boymoqli” mahallasida xizmat olib borayotgan yo‘l-patrul xizmati inspektorlari va huquqbuzarlik sodir etib, IIO xodimlarining qonuniy talabini bajarishdan bo‘yin tovlab, xodimlarga nisbatan qarshilik ko‘rsatayotgan bir guruh fuqarolar o‘rtasida sodir bo‘lgan. 

Ammo holatga aloqasi bo‘lmagan shaxs xodimlarni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan. Ushbu fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 17 yoshli qiz ichki ishlar xodimi kiyimida axloqsiz harakatlar sodir etgandi. Unga nisbatan jarima jazosi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo tarvuz YPX inspektorlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing