Surxondaryoda yonilg‘i to‘la sisterna portladi
Jamiyat
−
29 iyul 2020
10587Kecha, 28 iyul kuni Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yonilg‘i bo‘lgan sisterna portladi. Bu haqd Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Hodisa soat 22:00 larda mahalliy korxonalardan biriga qarashli omborda yuz bergan. 1981 yilda tug‘ilgan payvandlovchi ichi yonilg‘iga to‘la 10 tonnalik sisternani payvandlashga uringan. Texnika xavfsizligining buzilishi portlashga sabab bo‘lgan.
Natijada fuqaro K.A. voqea joyida halok bo‘ldi. Uning yonida turgan P.K. esa kuyish jarohatlari bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Portlash natijasida atrofga yoyilgan olov sisterna yaqiniga qo‘yilgan Isuzu yuk mashinasiga ham zarar yetkazgan.
Voqeadan bir necha daqiqa o‘tib hodisa joyiga Surxondaryo viloyat FVBning o‘t o‘chirish va qutqaruv ekipaji yetib borib, alangani o‘chirgan.
LiveBarchasi